Polshada ichida odam bo‘lgan lift 15-qavatdan qulab tushdi

Polshada ichida odam bo‘lgan lift 15-qavatdan qulab tushdi

Polshaning Lodz shahrida odamlar bo‘lgan lift 15-qavatdan qulab tushdi, jabrlanganlar kasalxonada, deb xabar beradi TVN24.

41 va 42 yoshli erkaklar lift ichida turgan holda lift shaxtasini bo‘yayotgandi. Lift 40 metr balandlikda bo‘lgan.

Texnik nosozlik tufayli lift 15-qavatdan qulagan. Erkaklar kasalxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir.

Prokuratura tergovni boshladi. Hodisaning sabablari va holatlari Milliy mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!