Polshada 28 iyun kuni prezident saylovi o‘tkaziladi

Polshada 28 iyun kuni prezident saylovi o‘tkaziladi

28 iyun kuni Polshada navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Seym (parlamentning quyi palatasi) spikeri Eljbeta Vitek chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi TVN24 kanali.

Ovoz berish aralash usulda olib boriladi: fuqarolar saylov uchastkalariga borib yoki pochta orqali ovoz berishi mumkin.

Olisdan ovoz berishni istagan Polsha fuqarolari 16 iyunga qadar xabar berishlari kerak, chet elda yashaydigan fuqarolar esa 13 iyungacha ovoz berish uchun murojaat qilishi mumkin.

7 aprel kuni Polsha Seym saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, prezidentlik saylovlari pochta orqali ham ovoz berilishi mumkin. Ushbu chora COVID-19 epidemiyasi paytida saylovchilar xavfsizligi uchun qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!