Polsha Ukrainaga Patriot zenit tizimlarini topshirishni taklif qildi

Polsha Ukrainaga Patriot zenit tizimlarini topshirishni taklif qildi

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak chorshanba kuni Germaniyadan Polshaga taklif qilingan Patriot zenit-raketa komplekslarini Ukrainaga yuborishni so‘radi.

"Rossiyaning navbatdagi raketa hujumidan so‘ng men Germaniyadan Polshaga taklif qilingan Patriot batareyalarini Ukrainaga o‘tkazib, g‘arbiy chegarasiga joylashtirishni so‘radim", — deb yozadi Blashchak Twitter sahifasida.

Ma’lumot uchun, Amerikaning MIM-104 Patriot kompleksi o‘rta va yuqori balandlikdagi nishonlarga qarshi havo hujumidan va raketaga qarshi mudofaani (ABM) ta’minlash uchun universal vosita sifatida yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!