Polsha koronavirusga qarshi dori yaratganini ma’lum qildi

Polsha koronavirusga qarshi dori yaratganini ma’lum qildi

Polshaning Krakov shahridagi Yagellon universiteti olimlari koronavirus infeksiyasi tarqalishini sezilarli darajada sekinlashtiradigan modda yaratganliklarini e’lon qilishdi.

"Biz yaratgan modda dunyo miqyosida innovasiondir", dedi jurnalistlarga virusshunos professor Kshishtof Pirch.
Tadqiqotchilar natijalarni "dori tayyorlash yo‘lidagi birinchi ijobiy qadam" deb hisoblashadi.

Yagellon universiteti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan modda HTCC deb nomlangan kimyoviy birikma. Ta’kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasini kamaytiradi.

Bu modda patentlangan, u ilgari hayvonlarda sinovdan o‘tgan. Ammo odamlarda foydalanish uchun u hali tasdiqlanmagan.

HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!