Polsha bosh vaziri Norvegiyani neft va gazdan keladigan foydani Ukraina bilan bo‘lishishga chaqirdi

Polsha bosh vaziri Norvegiyani neft va gazdan keladigan foydani Ukraina bilan bo‘lishishga chaqirdi

Polsha bosh vaziri Norvegiyani neft va gaz narxining ko‘tarilishidan keladigan kutilmagan foydani Ukraina bilan bo‘lishishga chaqirdi, deb yozadi Bloomberg.

"Biz Norvegiyaga gaz uchun katta pul to‘lashimiz kerakmi - bir yil oldin to‘laganimizdan to‘rt yoki besh baravar? Bu to‘g‘ri emas. Ular ushbu super foydani baham ko‘rishlari kerak. Bu normal emas, adolatli emas. Bu urushdan olingan bilvosita foyda”, — dedi Mateush Moravetski va boshqa bir qator davlatlar bilan foyda bo‘lishishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!