Polizchilik shirkatiga tegishli yer maydonini o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi

Polizchilik shirkatiga tegishli yer maydonini o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” polizchilik shirkati rahbari B.G., Davlat kadastrlar palatasi Piskent tumani filiali mutaxassisi M.YU. va boshqalar shirkatning “Namuna” MFY hududidagi 6,8 sotix yer maydonini 3 nafar fuqaroga jami 35 mln so‘m evaziga egalik huquqini beruvchi kadastr hujjatlarini tayyorlab berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!