Polisiya xodimi 16 yashar qizni o‘ldirdi
20 aprel kuni AQShning Ogayo shtatida polisiya xodimi qora tanli 16 yashar qiz Makaya Brayantni otib o‘ldirdi.
Manbaga ko‘ra, soat 6:30 larda polisiya bo‘linmasiga qiz pichoq bilan hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Polisiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.
Polisiya Brayant pichoq bilan boshqa bir qizga hujum qilganini ko‘rib, qizga qarata o‘q uzgan.
Ko‘p o‘tmay, shaharda norozilik namoyishlari boshlangan.
Vafot etgan qizning xolasi-Xeyzel Brayant, Makayaning qo‘lida pichoq bor bo‘lgan, ammo polisiya ogohlantirish berganidan so‘ng pichoqni yerga tashlagan, shunga qaramay, polisiya unga qarata o‘q uzganligini aytgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)