Pokistonda YTH: 27 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi

Pokistonda YTH: 27 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi

Pokistonning shimoliy-sharqidagi Panjob viloyatida yo‘lovchilar avtobusi va treyler to‘qnashuvi natijasida kamida 27 kishi halok bo‘ldi va 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda Sinhua agentligi ma’lum qildi.

Hodisa Dera G‘ozi-xon shahrida sodir bo‘lgan. Aylanma yo‘lda katta tezlikda ketayotgan avtobus treylerni urib yubordi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi kasalxonaga yotqizilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus Radjanpur provinsiyasidagi aholi punkitidan Sialkot shahriga ketayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!