Pokistonda suv toshqinlari kamida 11 million odamni qashshoqlikka olib keldi

Pokistonda suv toshqinlari kamida 11 million odamni qashshoqlikka olib keldi

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqi chog‘ida mamlakatda kamida 11 million kishi suv toshqini tufayli qashshoqlik chegarasidan pastga tushishini aytdi.

“Yo‘qotilgan uylar, vayron qilingan tirikchilik va ekin maydonlarining qisqarishi, doimiy oziq-ovqat tanqisligi va noaniq kelajak. Taxminan 11 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastga tushadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Sharifning ta’kidlashicha, ba’zi odamlar hatto shaharlardagi tor boshpanalarga ko‘chib o‘tishadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi aholiga maosh to‘lash uchun allaqachon 300 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!