Pokistonda qurolli hujum. Qurbonlar bor

Pokistonda qurolli hujum. Qurbonlar bor

Pokistonning Balujiston viloyatida ishchilar yashaydigan shaharchaga uyushtirilgan hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi.

Dawn gazetasining yozishicha, noma’lum shaxslar Harnay mintaqasidagi ishchilar lageriga hujum qilib, tartibsiz o‘t ochgan. Rasmiylarning aytishicha, ishchilar hukumat binosi loyihasi uchun qurilish maydonchasida ishlagan.

Hech bir tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Balujiston ozodlik armiyasining ayirmachilari tinch aholi va harbiylarga tez-tez hujumlar uyushtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!