Pokistonda musson yomg‘irlari sabab halok bo‘lganlar soni 1600 nafardan oshdi

Pokistonda musson yomg‘irlari sabab halok bo‘lganlar soni 1600 nafardan oshdi

Pokiston Milliy Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 iyundan beri davom etayotgan yomg‘irlar tufayli 1638 kishi, jumladan 588 bola va 332 ayol halok bo‘lgan, 12 865 kishi jarohatlangan.

Yomg‘irlar tufayli 2 million 49 ming 482 uy zarar ko‘rgan, shundan 824 ming 169 tasi butunlay vayron bo‘lgan.

Suv balosi tufayli 13 ming 74 kilometr yo‘l va 392 ko‘prik vayron bo‘lgan, bir million 103 ming 800 ta uy hayvonlari nobud bo‘lgan.

Yomg‘irlardan 33,4 million kishi jabr ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!