Pokiston uchun yana bir xavf: Mamlakatda bezgak va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalmoqda

Pokiston uchun yana bir xavf: Mamlakatda bezgak va boshqa  yuqumli kasalliklar tarqalmoqda

Pokistonning suv toshqinlaridan vayron bo‘lgan hududlarida yuqumli kasalliklar avj oldi. Bezgak va boshqa kasallardan vafot etganlar 324 kishiga yetdi (21 sentyabr).

20 sentyabr kuni suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berish uchun Toshqinlar tufayli ko‘chirilgan yuz minglab aholi ochiq joylarda yashadi. Endi odamlar kasallikdan aziyat chekmoqda. Yuzlab kilometrlarga yoyilgan turg‘un suv toshfinlarini bartaraf qilishga kamida ikki, bo‘lmasa olti oy vaqt ketadi. Odamlar esa, teri va ko‘z infeksiyalari, diareya, bezgak, ich terlama, chivin chaqishidan kelib chiqadigan isitma (dang isitmasi) bilan allaqachon kasallanib bo‘lgan.

Rasmiylar chivinlar va ilon va boshqa jonivorlardan aziyat chekayotgan ko‘chirilgan oilalarga zudlik bilan yordam berish zarurligini ta’kidlashgan.

Hukumat, mahalliy va xorijiy yordam tashkilotlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ko‘plab odamlar oziq-ovqat, boshpana va tibbiy yordamga muhtoj.

Pokistonning sog‘liqni saqlash tizimi ko‘chirilgan oilalar zararlangan suv, oziq-ovqatlar iste’mol qilishi tufayli kasallik tobora ko‘payayotganini bildirdi.

Mamlakat janubidagi uyi suv ostida qolgan G‘ulom Rasul ismli kishi Geo News telekanaliga bergan intervyusida “Bu suv bizni zararlashini bilamiz, lekin tirik qolish uchun ichishga majburmiz”, degan.

Shiddatli musson yomg‘irlari va muzliklar erishi mamlakatda misli ko‘rilmagan suv toshqinlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Balujiston viloyati sog‘liqni saqlash xizmati bosh direktori Nur Ahmad Qozi suvlarning turg‘unligi bezgakni atrofga tez tarqalishiga sabab bo‘layotgani ni aytgan. “Biz har kuni tibbiy lagerlar va kasalxonalarga juda ko‘p bezgakka chalingan bemorlarni qabul qilyapmiz. Suv toshqinlari yuz bergan hududlarga dori-darmon va testlar to‘plami ko‘proq zarur”, degan Nur Ahmad.

Mamlakatning tabiiy ofatlarni boshqarish agentligining xabariga ko‘ra, 1569 (shulardan 555 tasi bolalar, 320 nafari ayollar)kishi toshqinlardan halok bo‘lgan. Endi kasallikdan halok bo‘layotganlar alohida ro‘yxat qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!