Pokiston toliblar bilan Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Pokiston toliblar bilan Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon o‘z Tvitterida ma’lum qildi (https://twitter.com/ImranKhanPTI?ref_src=twsrc%5Egoogle%7Ctwcamp%5Eserp%7Ctwgr%5Eauthor). Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbeda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlardan so‘ng, u tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar ishtirokida Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish bo‘yicha toliblar bilan muzokaralar boshlagan.

I.Xonning ta’kidlashicha, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi. O‘zgarishlar nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqaga foyda keltiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!