Pokiston Sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusni yuqtirib oldi

Pokiston Sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusni yuqtirib oldi

6 iyul kuni Pokiston Sog‘liqni saqlash vaziri Zafar Mirza koronavirusni yuqtirib olgani haqida ma’lum qildi. Hozirda Pokistonda COVID-19 ga chalinganlar soni ortib borayotgani sababli sog‘liqni saqlash tizimi qiyinchilikka duch kelmoqda.

“Menga COVID-19 tashxisi qo‘yildi. Tibbiy maslahatlarga binoan men o‘zimni uyda izolyasiyaga oldim va barcha ehtiyot choralarini ko‘ryapman. Menda koronavirusning yengil alomatlari sezilmoqda. Iltimos, meni duolaringizda unutmang” deb yozdi Zafar Mirza o‘zining "Tvitter" sahifasida.

Pokistonda hozirgacha 235 ming kishi koronavirus bilan kasallandi va ularning 4839 nafari vafot etdi. Bu mamlakatda har kuni 4000 ga yaqin yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Zafar Mirza Pokistonda koronavirusga chalingan yagona yuqori martabali amaldor emas. Undan oldin Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureshi, Temir yo‘llar vaziri Shayx Rashid hamda parlament matbuot kotibi Asad Qayserlarga ham COVID-19 tashxisi qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!