Plastik karta firibgarlaridan qanday himoyalanish mumkin?

Plastik karta firibgarlaridan qanday himoyalanish mumkin?

Bugungi kunda plastik kartalar deyarli har bir insonning elektron hamyoniga aylanib ulgurdi. Biroq, ayrim firibgarlar insonlarning soddaliklaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda.

O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:

👉 O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
👉 Tekshirish uchun kelgan SMS-tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
👉 Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.

✅Unutmang, bank xodimi karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!