Piskentda yer maydoni sotish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Piskentda yer maydoni  sotish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.G. fuqaro T.ning otasi YATT B.ga sabzavotchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan 60 sotix yer maydonini sotish va hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga oldindan kelishilgan 12 000 AQSh dollaridan 3 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!