Pfizer vaksinasining kuchaytiruvchi dozasi taqdim etildi

Pfizer vaksinasining kuchaytiruvchi dozasi taqdim etildi

Pfizer Inc va BioNTech SE tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasining kuchaytiruvchi dozasining virusga qarshi samaradorligi 95,6 foizga teng ekanligi isbotlandi.

Vaksinaning ushbu kuchaytiruvchi dozasi COVID-19'ning "delta" shtammiga qarshi samara bera olishi aytilmoqda. Bu haqda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari 21 oktyabr kuni e’lon qilindi.

Vaksina sinovi davomida 16 va undan katta yoshdagi 10 000 ishtirokchi qatnashgan va yangilangan vaksinaning virusdan himoyalash darajasi ortgani aniqlangan. Barcha ishtirokchilar avvalroq Pfizer vaksinasining ikki dozasi bilan emlangan bo‘lib, bu safar ularga uchinchi doza yuborilgan.

Sinov natijalari AQSh Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi Moderna Inc (MRNA.O) va Johnson & Johnson (JNJ.N) kompaniyalarining COVID-19 vaksinalarining navbatdagi dozalari tasdiqlaganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi.

— Sinov qatnashchilarida hech qanday salbiy holatlar qayd etilmadi, bu faqat infeksiyadan mustahkam himoyalanishni ta’minladi, — dedi kompaniyaning rasmiy vakili.

Tadqiqot natijalari e’lon qilingach, Pfizer aksiyalarining qiymati 0,45 foizga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!