Pfizer va BioNTech vaksinasining tashish va saqlash haroratini pasaytirishga ruxsat berildi

Pfizer va BioNTech vaksinasining tashish va saqlash haroratini pasaytirishga ruxsat berildi

Pfizer va BioNTech kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi 14 kun davomida oddiy muzlatkich kamerasida 15 daraja sovuqdan 25 daraja sovuqqacha bo‘lgan haroratda tashilishi va saqlanishi mumkin. Bu haqda AQShning Oziq-ovqat va farmasevtika agentligiga (FDA) tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Avvalroq ishlab chiqaruvchilar vaksinalarning maxsus 60 daraja sovuqdan 80 daraja sovuqqacha haroratda saqlanishi kerakligini aytgan edi. Faqat emlashni boshlashdan besh kun oldingina vaksinani oddiy muzlatkichlarda saqlashga ruxsat berilar edi.

FDA’ning ta’kidlashicha, yangi talablar manfaatdor tomonlar va muassasalarga vaksinalar yetkazib berishni osonlashtiradi, chunki endi ular uchun og‘ir muzlatkichlar yoki maxsus quruq muzli idishlar talab qilinmaydi.

Ma’lumot uchun, bir hafta oldin kompaniya o‘z vaksinasini saqlash va tashish bo‘yicha ma’lumotlarini yangilash uchun FDA’ga ariza bergan edi.

Avvalroq Pfizer va BioNTech COVID-19 vaksinasining uchinchi dozasini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!