“Pfizer” Yevropaga vaksina yetkazib berishni vaqtincha qisqartirmoqda

“Pfizer” Yevropaga vaksina yetkazib berishni vaqtincha qisqartirmoqda

Koronavirusga qarshi emlash uchun ishlab chiqarilgan Pfizer/BioNTech preparatlarining Yevropaning qator mamlakatlariga yetkazib berilishi vaqtincha kamayadi.

Ushbu ma’lumotni Norvegiya sog‘liqni saqlash instituti tasdiqladi.

Aniqlik kiritishicha, yetkazib berish hajmini qisqartirish keyingi haftadan boshlanadi. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatda yilning uchinchi haftasida 7,8 ming doza yetishmasligiga olib keladi.

Bundan tashqari, institut ishlab chiqaruvchining bunday qarori ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish bilan bog‘liqligini tushuntirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!