Petro Isroil qutqaruvchilarini zilziladan keyin harakatsizlikda aybladi

Petro Isroil qutqaruvchilarini zilziladan keyin harakatsizlikda aybladi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti Gustavo Petro mamlakatga yetib kelgan Isroil qidiruv-qutqaruv guruhi 7,4 magnitudali vayronkor zilziladan so‘ng vayronalarni tozalash ishlarida ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

Petro eng ko‘p zarar ko‘rgan shaharlardan biri — Kali shahridagi Isroil guruhining suratini e’lon qildi va qutqaruvchilar hech kimni vayronalar orasidan olib chiqmasdan hududni tark etganini aytdi.

«Isroil guruhlari hududni tark etdi va hech kimni vayronalar ostidan olib chiqmadi. Hokimiyat ulardan ofat hududida qolishni so‘ragan edi, chunki vayronalar orasidan hali ham ovozlar eshitilmoqda», — deb yozdi Petro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Kalida vayron bo‘lgan Vanessa binosi oldiga yetib kelgan. Bino vayronalari ostida uning hamkasbi Katalina Ortis qolgan. Biroq, Petro ta’kidlashicha, qutqaruvchilar «hatto vayronalarni tozalashni ham boshlamagan».

Harbiy-havo kuchlari tarkibiga kiruvchi 82 nafar qutqaruvchidan iborat Isroil guruhi zilziladan to‘rt kun o‘tib, 14 avgust kuni Kali shahriga yetib kelgan. Kolumbiya prezidenti Abelardo de la Esprielya avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qutqaruvchilarni yuborgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Isroil guruhi hududda bo‘lgan vaqtda bir insident ham sodir bo‘ldi: ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari «Falastinga ozodlik» deb baqirayotgan kishini hududdan olib chiqib ketgan.

18 avgust holatiga ko‘ra, Kolumbiyadagi vayronkor zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 294 nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар бе