Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiyaning birinchi elektro yuk avtomobili EVM PRO namoyish etildi

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiyaning birinchi elektro yuk avtomobili EVM PRO namoyish etildi

Mashina Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilgan.

SputnikLive "Elektromobili Manufekchuring rus" kompaniyasi bosh direktori Ilya Rashkindan tafsilotlarni bilib oldi.

▪️ Avtomobil shaharlar ichida tashish, internet do‘konlardan (Ozon, Wildberries va boshqalar) "so‘nggi mil" masofada tovarlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.

▪️ Bir marta “zaryad” olganda 300 km yo‘l bosa oladi, bu sutka davomida quvvatlanmasdan foydalanish uchun yetarli bo‘ladi.

▪️ 1 km yurish narxi 7-8 rubl. Analog mashinalarda 13-15 rubl, elektr Ford Transit’da – 20 rubl.

▪️ EVM PRO deyarli to‘liq Rossiyada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan iborat. Kompaniya G‘arb ta’minotiga bog‘liq emas.

▪️ Sentyabr oyidan seriyali ishlab chiqarish boshlanadi. Yiliga ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

▪️ Narxi - 3,5 mln rubl (davlatdan imtiyoz va subsidiyalargacha). Ford Transit (Rossiyani tark etishdan oldin) 8-10 million rublga sotib olsa bo‘lar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!