Peskov: "Putinni Bayden bilan uchrashish rejasi yo‘q"

Peskov: "Putinni Bayden bilan uchrashish rejasi yo‘q"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan hozircha hech qanday muzokara o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov chorshanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Hozircha Putin va Bayden o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish rejalari yo‘q" - dedi u Ukrainadagi vaziyat fonida Moskva Kiyev bilan emas, balki Vashington bilan eng yuqori darajada muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘ʻrib chiqyaptimi, degan savolga javoban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!