Peskov CNNning Rossiya kemalari haqidagi xabariga javob berdi

Peskov CNNning Rossiya kemalari haqidagi xabariga javob berdi

CNN`ning Boltiq dengizidagi “Shimoliy oqim” avariyasi hududida Rossiya kemalari va suv osti kemalari ko‘rilgani bo‘yicha da’volari ahmoqona va noxolisdir, u yerda ko‘proq NATO kemalari va samolyotlari nazarga tushgan, deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Bu hudud Boltiq dengizi, u yerda NATO davlatlariga tegishli bo‘lgan uchuvchi, suzuvchi va boshqa dengiz transporti vositalari ko‘rilgan, shuning uchun bu mutlaqo ahmoqona yangilik, aytaylik, noxolis”, dedi Peskov.

Ma’lumot o‘rnida, voqea bir vaqtning o‘zida Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvurida sodir bo‘lgan. Daniya va Shvesiya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim”da ikkita va “Shimoliy oqim 2”da bitta gaz sizib chiqishi aniqlangan. Germaniya, Daniya va Shvesiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi.

Rossiya tomoni voqea ma’lum bo‘lishi bilanoq Daniyadan “Shimoliy oqim”dagi favqulodda holat haqida rasman ma’lumot so‘radi. Daniya hukumati Rossiya Federasiyasini gaz sizib chiqqan joyda bo‘lgan portlashlar haqida xabardor qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!