Peskov Boris Jonsonning Putinning tahdidlari haqidagi so‘zlarini yolg‘on deb atadi

Peskov Boris Jonsonning Putinning tahdidlari haqidagi so‘zlarini yolg‘on deb atadi

Dmitriy Peskov Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning Ukrainada urush boshlanishidan oldin Putin go‘yoki uni raketalar bilan tahdid qilgani haqidagi so‘zlarini yolg‘on deb atadi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Jonson bilan suhbatda Ukrainaning NATOga kirishi va raketalarni Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirish «har qanday raketa Moskvaga bir necha daqiqada yetib borishini anglatishini» qayd etgan.

Jonson BBCning «Putin G‘arbga qarshi» filmida Ukrainada urush boshlanishidan oldin Putin bilan gaplashganini aytdi. “Bir payt u menga qandaydir tahdid qilib, «Boris, men seni xafa qilmoqchi emasman, lekin raketa bilan bir daqiqa kerak bo‘ladi» yoki shunga o‘xshash dedi”, — dedi Jonson Putinning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!