Peruda vafodor it bir necha kundan beri kasalxona oldida koronavirusga chalingan egasini kutmoqda

Peruda vafodor it bir necha kundan beri kasalxona oldida koronavirusga chalingan egasini kutmoqda

Peru poytaxti Lima shahrida vafodor it bir necha kundan beri koronavirus aniqlanib, kasalxonaga olib kelingan egasini kutmoqda, deb yozadi “Expreso”ga tayanib «ekolog.uz».

Gilyermo Almenara nomidagi shifoxona xodimi Meli Valderramaning aytishicha, it kasalxona oldida ikki kun turganidan keyin shifokorlar unga g‘amxo‘rlik qila boshlashgan.

Valderrama itning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, odamlardan unga g‘amxo‘rlik qilishni so‘ragan.

«Iltimos, unga yordam bering. U juda muloyim va aqlli it» , — deb yozgan ayol.

It haligacha shifoxona binosi oldida ekanligi aytilmoqda. Uning egasining taqdiri esa noma’lum.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!