Perm universitetida otishma uyushtirgan shaxs bir umrga qamalishi mumkin

Perm universitetida otishma uyushtirgan shaxs bir umrga qamalishi mumkin

Perm universitetida ommaviy otishma uyushtirgan Timur Bekmansurov umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Davlat qoralovchisi suddan shunday jazo belgilashni so‘ragan.

Prokuror Bekmansurov jazo muddatining dastlabki besh yilini qamoqda o‘tkazishini, keyinchalik alohida tartibli koloniyaga o‘tkazilishini talab qilmoqda.

2021 yil 20 sentyabrda ayblanuvchi Perm universiteti hududida otishma sodir etgan. Bekmansurov shu OTMning talabasi bo‘lgan. Otishma oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan yana 20 kishi yaralangan.

Qotil Huglu miltig‘idan o‘q uzgan. Jami 30 dan ortiq o‘q ishlatilgan.

Bekmansurov qo‘lga olinayotgan paytda yaralangan. Keyinchalik uning bir oyog‘i kesib tashlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!