Pentagon Xitoyni AQShning asosiy raqibi deb atadi

Pentagon Xitoyni AQShning asosiy raqibi deb atadi

Pentagon: Xitoy AQShning asosiy raqibi bo‘lib qolmoqda.
Amerika hukumati milliy mudofaa strategiyasining yangi tahririga muvofiq Xitoyni asosiy strategik raqib deb bilishda davom etmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks ma’lum qildi.
“Bizning milliy mudofaa strategiyamiz Yevropa va uning tashqarisidagi Rossiyaning tahdidini to‘liq inobatga oladi, biroq ... Xitoy Qurolli kuchlarimiz uchun eng jiddiy strategik raqib va asosiy chaqiriqdir”, - dedi Xiks Ronald Reygan nomidagi prezident fondi tomonidan tashkil etilgan anjumanda. Uning so‘zlaridan RT iqtibos keltirgan.
Mart oxirida Pentagon AQSh milliy mudofaa strategiyasining yangi tahriridan maxfiy ko‘chirmalarni chop qilgandi. Undan Vashington hozirgi bosqichda Xitoyni asosiy strategik raqib va Qo‘shma Shtatlar uchun chaqiriq deb bilishi ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!