Pentagon Nyu-Yorkka harbiy dafn brigadasini tashladi

Pentagon Nyu-Yorkka harbiy dafn brigadasini tashladi

AQSh Mudofaa vazirligi hukumat iltimosnomasiga ko‘ra, Nyu-Yorkka dafn brigadasini yubordi, deb xabar qildi FreeTVOnline.

Brigada 42 askardan iborat, ular koronavirusdan vafot etgan odamlarni ko‘mish va kremasiya qilishda yordam berishi ta’kidlanmoqda.

Qo‘shimcha armiya kuchlari boshqa regionlarga ham tashlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 3 aprel kuni Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, shtatda bir sutkada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 100 mingdan oshgan va 102 863taga yetgan, qurbonlar soni 2373dan 2935taga oshgan. 

AQShdagi epidemiya epimarkazi aynan Nyu-Yorkda kuzatilmoqda.

Gubernator shuningdek, 14 810 kishi kasalxonaga yotqizilgani, 3731 bemor jonlantirish bo‘limida yotgani va 8886tasiga kasalxonadan javob berilgani haqida ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!