Pentagon Kiyevdagi harbiy yordam bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya muammolaridan xabardor emas

Pentagon Kiyevdagi harbiy yordam bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya muammolaridan xabardor emas

Kiyevdagi korrupsiya mojarosi munosabati bilan Pentagon Ukrainadagi harbiy yordam bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korrupsiya muammolaridan bexabar ekanini aytdi.

“Biz Ukrainaning Rossiya bilan kurashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yirik korrupsiya muammolaridan xabardor emasmiz”, dedi Harbiy havo kuchlari brigadasi generali Patrik Rayder. Uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.

Ukrainaning “STRANA.ua” nashri avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatdagi korrupsiya mojarolari tufayli iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!