Pelosining Tayvanga tashrifi Pekin va Vashington munosabatlariga putur yetkazishi mumkin

Pelosining Tayvanga tashrifi Pekin va Vashington munosabatlariga putur yetkazishi mumkin

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin, dedi Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun.

“Agar tashrif amalga oshirilsa, bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazadi”, dedi u BMT shtab-kvartirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Chjan Szyun Pekinning “Tayvan Xitoyning ajralmas qismidir” degan pozisiyasini esladi.

Xitoy "hech kimning qizil chiziqdan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi" va "Tayvan kontekstidagi har qanday separatistik harakatlarga, shuningdek, ichki ishlarga aralashishga qat’iy qarshilik qiladi", dedi u.

"Biz kutishimiz va vaziyat qanday rivojlanishini ko‘rishimiz kerak, ammo biz suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", dedi Chjan Szyun, Pelosi tashrif buyurgan taqdirda Xitoyning mumkin bo‘lgan qadamlari haqidagi savolga.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, agar Pelosi Tayvanga tashrif buyurishga qaror qilsa, Xitoy hukumatini vazminlik ko‘rsatishga chaqirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!