Pedri "Real" futbolchisini "Barselona"da ko‘rmoqchi

Pedri "Real" futbolchisini "Barselona"da ko‘rmoqchi

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Real" futbolchisi Marko Asensioni Kataloniya klubida ko‘rishni xohlayotganini tan oldi.

"Marko Asensioning shartnomasi nima bo‘lishi hozircha aniq emas, lekin menimcha, barcha yaxshi futbolchilar "Barselona"da bo‘lishi kerak", - dedi Pedri COPE nashriga.

Joriy mavsumda Asensio barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli ispaniyalikning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!