Payariq tumanida ichimlik suvi iste’molchilaridan undirilgan 106 million so‘mni o‘zlashtirgan nazoratchi aniqlandi

Payariq tumanida ichimlik suvi iste’molchilaridan undirilgan 106 million so‘mni o‘zlashtirgan nazoratchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.s” MCHJ tuman filiali nazoratchisi SH.YU. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) o‘ziga biriktirilgan hududdagi ichimlik suvi iste’molchilaridan undirilgan 106 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!