"Paxtakor"da jiddiy moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi

"Paxtakor"da jiddiy moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi

Toshkentning “Paxtakor” klubida jiddiy moliyaviy muammolar yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

Championat.asia xabariga ko‘ra, jamoa a’zolari va xodimlari joriy yilning may oyidan buyon ish haqi olishmayapti.

E’tiborli jihati shundaki, klub joriy mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan bo‘lib, mamlakat chempionligi va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bormoqda.

Biroq ichki chempionatdan tashqari, jamoani oldinda xalqaro maydonda ham jiddiy sinov kutmoqda. Toshkentliklar tez orada, 11 avgust kuni Elit OCHL musobaqasining pley-off bosqichi doirasida o‘ta muhim uchrashuvda maydonga tushishlari lozim.

Xalqaro arenada yurtimiz sharafini himoya qiladigan va tarkibida ko‘plab yetakchi futbolchilar bo‘lgan jamoadagi bunday moliyaviy nomutanosiblik klubning kelgusi rejalari va o‘yinchilarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda. “Paxtakor” rahbariyati tomonidan mazkur vaziyat bo‘yicha hozircha rasmiy munosabat berilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.