"Paxtachida YPX xodimlari bir odamni avtomobilida urib olib ketgani" yuzasidan ma’lumot berildi

"Paxtachida YPX xodimlari bir odamni avtomobilida urib olib ketgani" yuzasidan ma’lumot berildi

​​Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtachi tumanida YPX xodimlari bir odamni avtomobilida urib olib ketti” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berildi.

2021 yil 26 aprel kuni soat 18:30 larda Samarqand viloyati IIB YHXB 4-otryad xodimlari Paxtachi tumani hududidan o‘tuvchi “Mirkan” MFYdagi ichki yo‘lda xizmat olib borayotgan vaqtida, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasi YPX xodimlarini ko‘rib, yo‘nalishni keskin o‘zgartirib, orqaga harakatlangan.

Bu holat YPX inspektorlarida shubha uyg‘otib, xodimlar o‘zlariga biriktirilgan patrul avtomashinasida transport vositasini kuzatib borib, to‘xtatish choralarini ko‘rgan.

Transport vositasini hujjatlarini ko‘zdan kechirish vaqtida, haydovchi spirtli ichimlik ist’emol qilganlikda gumonlanib, narkologiya dispanseriga olib borilayotganda, haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra ushbu haydovchida mastlik holati aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Xodimlarning harakatlarida xizmat intizomi va qonun buzilish holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!