Paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga o‘tadi

Paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga o‘tadi

✅ To‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari quyidagilardir:

🔹 Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:

▫️paxtani quritish;
▫️paxtani tozalash;
▫️paxtani yuklash, tushirish;
▫️paxtani pnevmotransportga ortish;
▫️quritish-tozalash sexini yig‘ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

🔹 Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.

🔹 Ipakchilik tarmog‘i korxonalari va fermer ho‘jaliklaridagi ishlar:

▫️tut urug‘i tayyorlash;
▫️tut nihollari va tut ko‘chatlari yetishtirish;
▫️tut ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarda jonlantirish;
▫️tut ipak qurtini parvarishlash;
▫️tirik va quruq pillani saralash;
▫️tirik pillani quritish;
▫️pillani qo‘l kuchi yordamida tashish;
▫️pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
▫️urug‘chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
▫️tut ipak qurti urug‘larini mikrotahlildan o‘tkazish;
▫️tut ipak qurti urug‘lariga ishlov berish;
▫️ut ipak qurti urug‘larini qishlash davridagi ishlar;
▫️tut ipak qurti urug‘larini qadoqlash va yorliqlash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!