Pavel Durovdan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga urushda qatnashmaslik haqida xabarlar jo‘natish so‘raldi

Pavel Durovdan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga urushda qatnashmaslik haqida xabarlar jo‘natish so‘raldi

«SNG Glavnoye» Telegram-kanali Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga murojaat qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga ogohlantiruvchi bildirishnomalar yuborishni so‘radi.

«Sizga Rossiyadagi so‘nggi voqealar munosabati bilan murojaat qilmoqdamiz. Ya’ni safarbarlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli. Bilasizki, Rossiyada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan mehnat muhojirlarini ‘ko‘ngillilar’ safiga jalb qilish uchun faol propaganda va urinishlar olib borilmoqda. Ularning ko‘pchiligi ma’lumoti kam odamlar, ularni aldashmoqda, ba’zilarni esa pul yoki fuqarolik berish haqidagi va’dalar bilan o‘z tomoniga og‘dirmoqda. Yana shunday holatlar ham bo‘lyaptiki, ularning pasportlari olib qo‘yilib, o‘zlari to‘p yemi sifatida qizg‘in urush borayotgan nuqtalarga yuborilmoqda!» — deyiladi murojaatda.

Pavel Durovdan ikkala tomondan ham odamlar hayotlarini saqlab qolishda yordam so‘rashgan. «Sizning jamoangiz pandemiya chog‘ida xabarnomalar jo‘natib, mamlakatlar bilan a’lo darajada ishlaganini bilamiz», — deya Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga ikki xil — o‘zlarining ona tilida va rus tilida xabarnomalar jo‘natilishini tashkillashtirishda yordam so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!