Pashinyan SHHT+ sammitida rus tili o‘rniga arman tilida nutq so‘zladi

Pashinyan SHHT+ sammitida rus tili o‘rniga arman tilida nutq so‘zladi

Armaniston bosh vaziri uchrashuv ishtirokchilariga arman tilida murojaat qildi va tarjimon xizmatidan foydalandi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan MDH davlatlari rahbarlari orasida Bishkekdagi «SHHT plyus» sammitida rus tilida emas, boshqa tilda nutq so‘zlagan yagona rahbar bo‘ldi.

Pashinyan o‘z nutqini arman tilida so‘zladi va tarjimon xizmatidan foydalandi. Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari esa rus tilida chiqish qildi.

Sammitning boshqa ishtirokchilari — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari — o‘z ona tillari yoki ingliz tilidan foydalandi.

E’tiborli jihati, Pashinyan bunga qadar bunday xalqaro tadbirlarda an’anaviy ravishda rus tilida nutq so‘zlab kelgan.

Armaniston bosh vaziri o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yerevan va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning keyingi strategiyasini muhokama qilish niyati borligini bildirdi.

Pashinyan Janubiy Kavkazda transport kommunikasiyalarini rivojlantirish, jumladan, Zangezur koridori loyihasini amalga oshirish masalasiga ham to‘xtaldi. Ushbu loyiha «Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp marshruti» (TRIPP) deb ham atalmoqda.

SHHT sammiti va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuv 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу