Pashinyan Qorabog‘ sahifasini yopmoqda

Pashinyan Qorabog‘ sahifasini yopmoqda

Armanistonning yangi Konstitusiyasida 1990 yilda qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasiga havola bo‘lmaydi. Bu haqda bosh vazir Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu havolani saqlab qolish Qorabog‘ harakatining davom etishi va **«mojaro mantig‘i»**ga qaytishni anglatgan bo‘lar edi.

Pashinyan 2026 yilgi saylovlardan so‘ng Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatish Armanistonning milliy kun tartibiga aylanganini ta’kidladi.

Boku Konstitusiyani o‘zgartirishni yakuniy tinchlik kelishuvining shartlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Yerevan esa amaldagi Asosiy qonun qo‘shni davlatlarga nisbatan hududiy da’volarni o‘z ichiga olganini rad etmoqda.

Yangi Konstitusiya tinchlikni mustahkamlashi kerak. Ammo uni Armaniston jamiyati qo‘llab-quvvatlaydimi — bu hali ochiq savol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

Ikki futbolchi zo‘rlash ishida qo‘lga olindi

Франция Лига 2 м