Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi

“Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-281-son, 15.06.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda tegishli mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xo‘jaliklariga beriladi.

❗️2022 yil 1 iyundan parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

✅ Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

🗓 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan miqdoridagi mablag‘larini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.

📌 Tadbirkorlarga ularning mavjud quvvatlarini to‘liq ishga tushirish uchun oldin ajratilgan kreditlarning qaytarish muddati ularning arizasiga ko‘ra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi takliflariga asosan 10 yilgacha uzaytiriladi.

☑️ “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo parrandachilik xo‘jaliklariga 2022 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvargacha davrda parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.

🔢 Parranda go‘shti ishlab chiqarish hajmlari yil yakunigacha kamida 35 foizga oshirilib, 600 ming tonnaga yetkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!