Parkent tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Parkent tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Kumushkon” yo‘lida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. "HOVO" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo‘qotgan va natijada:
1) haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
2) haydovchi F.R. boshqaruvidagi "Spark";
3) haydovchi A.R. boshqaruvidagi"Neksiya";
4) haydovchi B.T. boshqaruvidagi "Spark";
5) haydovchi M.YU. boshqaruvidagi "Lasetti";
6) haydovchi Z.M. boshqaruvidagi “Gazel”;
7) haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

🔹Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!