Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Bu Parkent tuman prokuraturasi tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlandi.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019−2020 moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini 1 mlrd 193 mln 205 ming so‘m miqdorda buzgani, shuningdek, 1 mlrd 511 mln 123 ming so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda.

«Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, sohtalashtirib, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan», — deyiladi Toshkent viloyati prokuraturasi xabarida.

Ayblanuvchilarga «qamoq», «uy qamog‘i» va «garov» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura ishni sudga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!