Parijda karantin bekor qilingandan keyin jinoyatchilik keskin oshib ketdi

Parijda karantin bekor qilingandan keyin jinoyatchilik keskin oshib ketdi

Karantin bekor qilingandan keyin Parijda jinoyatchilik darajasi keskin oshdi, deb yozmoqda “Le Parisien” gazetasi.

Shahar polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatlar sonining 2019 yil darajasiga nisbatan o‘sishi iyul, avgust va sentyabr oylarida kuzatilgan.

Qayd etilishicha, do‘konlar, firma ofislari va dorixonalarni talon-taroj qilish 60 foizga, qurol ishlatmasdan odamlarni talon-taroj qilishlar soni 2,4 foizga, voyaga yetmagan jinoyatchilar tomonidan kaltaklangan odamlarga qilingan tajovuzlar soni esa 22,2 foizga oshgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, jinoyatchilarning profili ham o‘zgargan. Ya’ni jinoyatchilarning aksariyati katta avlod vakillari bo‘lishmoqda. Va ular ko‘proq zo‘ravonlik bilan harakat qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!