Parijda italiyalik ayol fojiali tarzda halok bo‘ldi. Ikkita ayol qidirilmoqda

Parijda italiyalik ayol fojiali tarzda halok bo‘ldi. Ikkita ayol qidirilmoqda

Italiya fuqarosi Parijda elektr skuterga urilib vafot etdi. Bi-bi-si bu haqda bir kun oldin xabar berdi.

Polisiya ushbu ish bo‘yicha ikkita ayolni qidirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular katta tezlikda sayohat qilishgan va 31 yoshli qurbonni urib yuborishganda ham to‘xtashmagan.

Miriam ismli ayol boshi bilan yerga yiqilgan va yuragi urishdan to‘xtagan. Yaqin atrofda bo‘lgan polisiya xodimlari birinchi yordam ko‘rsatib, uni hayotga qaytarishgan va ayol kasalxonaga yotqizilgan. Ammo u baribir kasalxonada vafot etgan.

Ushbu voqeadan keyin Parijda 50 km / soat tezlikda harakatlanadigan piyodalar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan elektr skuterlar taqiqlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!