Pandemiyani to‘xtatmoqchi bo‘lgan taniqli shomon koronavirusdan vafot etdi

Pandemiyani to‘xtatmoqchi bo‘lgan taniqli shomon koronavirusdan vafot etdi

Arab News xabariga ko‘ra, Shri-Lankada koronavirus tarqalishini to‘xtatishga va’da bergan taniqli shomonning o‘zi xuddi shu infeksiyadan vafot etdi.

Qirq sakkiz yoshli Elyanza Vayt ismli bu shomonga davolanish uchun bir qator sport yulduzlari va oliy martabali amaldorlar, hatto mamlakatning bosh vaziri murojaat qilgan. Shomon daryoga “muqaddas suv”ni to‘kish orqali Shri-Lanka va Hindistonda koronavirus tarqalishiga barham bermoqchi edi.

U bilan hatto Shri-Lanka Sog‘liqni saqlash, ovqatlanish va tub aholi tabobati vaziri Pavizra Vanniarachchi ham maslahatlashgan edi. Shomonning “muqaddas suv” bilan ikki haftalik muolajasidan keyin vazir reanimasiyaga tushib qoldi.

Elyanza Vayt 2010 yilda hindistonlik kriketchi Sachin Tendulkarning oyog‘ini davolagandan keyin mashhur bo‘lib ketgan edi. Shomonning jasadi poytaxt Kolomboda kuydirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!