Pandemiyaga qaramay 2020 yilda dunyoda mudofaa xarajatlari o‘sdi

Pandemiyaga qaramay 2020 yilda dunyoda mudofaa xarajatlari o‘sdi

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2020 yilda global mudofaa xarajatlari 3,9 foizga o‘sdi. Bu haqda Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

«2020 yilda global mudofaa xarajatlari 1,83 trillion dollarga yetdi va yillik o‘sish 3,9 foizni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatkichning uchdan ikki qismi AQSh va Xitoyning harbiy byudjetlariga to‘g‘ri keladi: AQShda mudofaa xarajatlari 6,3 foizga o‘sdi,  XXRda esa bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan biroz kamroq (5,9%) bo‘lib, xarajatlar o‘sishi 5,2 foizni tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, Xitoyning dengiz floti qurish dasturlari global, xususan, Osiyodagi mudofaa xarajatlarining o‘sishiga qisman ta’sir ko‘rsatdi.

Dunyodagi barcha harbiy xarajatlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri keladi — 40 foiz yoki 738 milliard dollar. Shuningdek, 2020 yilda Yevropada ham mudofaa xarajatlari 2 foizga o‘sgan. Rossiyada mazkur xarajatlar 2020 yilda 3,8 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun 2019 yilda global mudofaa xarajatlari 4 foizga o‘sib, so‘nggi o‘n yil ichidagi rekord ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, pandemiyaga qaramay, 2020 yilda butun dunyo bo‘ylab aviahalokatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 299 kishini tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 42 kishiga ko‘p demak. Shu bilan birga, halokatlar soni ikki barobardan ortiqqa kamaygan — 86 tadan 40 taga.

O‘tgan yili vafot etganlarning yarmidan ko‘pi — 167 kishi Erondagi halokat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. «Ukraina xalqaro avialiniyasi»ning Boeing 737 layneri 8 yanvar kuni Tehrondan ko‘tarilgach, xatolik sabab harbiylar tomonidan urib tushirilgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!