Palando‘ken chang‘i markazi – Erzurum

Palando‘ken chang‘i markazi – Erzurum

Uzunligi 70 kilometr va kengligi 25 kilometr bo‘lgan maydonni egallagan Palano‘ken tog‘lari 1993-yilda “Qish turizmi markazi” deb e’lon qilingan. Ushbu markazda; Erzurum (Hinis) bo‘g‘ozi, Ko‘nakli va Gez platosidan iborat 3 ta chang‘i kurorti mavjud. Erzurum bo‘g‘ozi Palando‘ken chang‘i markazi sifatida ham tanilgan. Palando‘ken chang‘i markazida kichik va katta slalom musobaqalari uchun Xalqaro Chang‘i Federasiyasi (FIS) tomonidan ro‘yxatga olingan ikkita chang‘i maydoni mavjud.

Erzurumning janubida, 3 ming 176 metr balandlikda joylashgan Palando‘ken, qor sifati va 5 oy davomida chang‘ida uchishga yaroqli uzun yo‘llari bilan dunyoning eng muhim chang‘i markazlaridan biridir. 2011-yili 25-Jahon universitetlari qishki o‘yinlariga mezbonlik qilgan Erzurum Turkiya va dunyo bo‘yicha qishki turizmning yangi diqqatga sazovor markazlaridan biriga aylandi. Hatto qishki Olimpiya o‘yinlarining ham uyushtirilishiga imkon beruvchi Palando‘ken chang‘i maydonlarii dunyodagi eng uzun va tik yo‘llaridan hisoblanadi. Palando‘ken mashhur “New York Times” gazetasi tomonidan yaqinda e’lon qilingan reytingida dunyodagi 41 chang‘i kurortlari orasida 18-o‘rinni egalladi.

Oktyabr-noyabr oylaridan boshlab qor yog‘adigan Erzurumda chang‘i mavsumi noyabrdan boshlanadi va aprel oyining oxirigacha davom etadi. Iqlimi tufayli Palando‘ken butun chang‘i mavsumi davomida chang‘ida yurish imkonini beruvchi "changli qor" xususiyatini saqlab qoladi. 2000-3176 metr balandlikda joylashgan Palando‘ken chang‘i markazi yonbag‘irlarida 10 ta o‘rindiqli lift, 1 ta telelift, 2 ta bolalar uchun mo‘ljallangan lift va 1 ta gondol lifti turistlar uchun xizmat qiladi. Palando‘kenda gondol lifti yordamida 1000 metrlik ko‘tarilish bilan Ejder tepaligiga yetib borish mumkin hamda 7 ta oson, 8 ta o‘rta, professional (qiyin) va 4 ta tabiiy chang‘i maydon mavjud. Barcha chang‘i maydonlarida taxminan 12 ming kishining bir vaqtning o‘zida chang‘ida yurish imkoniyati mavjud.

Palando‘ken chang‘i markazi tog‘ chang‘isi va snoubord uchun juda mos chang‘i maydonlarini taklif qilsa-da, chang‘idan tashqari, paraplan, alpinizm, “snowtube” va peyntbol kabi turizmning turli mashg‘ulotlari uchun mukammal maskandir. Palando‘ken tog‘ining atrofi o‘zining tabiat bog‘i shaklidagi ko‘rinishi bilan barcha to‘rt faslda diqqatga sazovor joylar, piknik va tomosha maydoni sifatida turli xil go‘zal manzaralarni taqdim etadi.

Palando‘ken kongress turizm markazi ham hisoblanadi. Ko‘chkining oldini olish va sun’iy qor tizimlari mavjud bo‘lgan Palando‘ken chang‘i markazi tibbiyot shahri hisoblangan Erzurumning eng zamonaviy shifoxonalaridan atigi 5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Barcha darajadagi chang‘ichilarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan Palando‘ken chang‘i markazida joylashgan mehmonxonalar va shahar markazidagi ko‘plab 3 va 2 yulduzli mehmonxonalar mavjud. Ushbu chang‘i markazi ayeroportdan 15 kilometr va shahar markazidan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tog‘-chang‘i markaziga dam olish kunlari Erzurum shahar hokimiyati avtobuslari, boshqa kunlarda esa shaxsiy transport vositalari va taksilar orqali amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!