Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli film premyera qilindi

Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli film premyera qilindi

Bugun Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi” tomonidan yaratilgan O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli filmning premyerasi (https://telegra.ph/Ozod-Sharofiddinov-09-24) bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag‘ishlangan hujjatli filmlar yaratildi.

Ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, postanovkachi rejissyor Jo‘rabek Ro‘zmetov, postanovkachi operator Iqboljon Meliqo‘ziyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!