Oziq-ovqat allergiyasi koronavirusdan himoya qilishi mumkin

Oziq-ovqat allergiyasi koronavirusdan himoya qilishi mumkin

Yangi tadqiqot davomida mutaxassislar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, viruslar va vaksinalar koronavirusga qarshi immun javobi chaqirishi mumkinligini aniqladilar. Bu immunitet tizimini COVID-19 bilan to‘qnashganda agressiv javob berishga o‘rgatadigan oqsillar bilan bog‘liq. Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlaridagi bir yuz sakson xil protein, ikkita vaksina va o‘n besh bakterial hamda virusli oqsilning inson antitanachalariga ta’siri tahlil qilindi.

Eng kuchli reaksiya enterokokk fekal ichak bakteriyasi mavjudligida, ko‘k yo‘tal, difteriya va qoqsholga qarshi vaksinalarda mavjudligida qayd etildi. Bundan tashqari, qovurilgan bodom, keshyu, brokkoli, cho‘chqa go‘shti, sut, ananas va soya tarkibidagi oqsillar ham virusga ta’sir qilgani aniqlandi.

Ammo bu mahsulotlarni iste’mol qilishning o‘zi COVIDdan himoyalanish uchun kifoya emas: immunitetni shakllantirishda odamda oziq-ovqatlarga allergiyasi bo‘lishi ham talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki, laboratoriya sinovlarida samaradorligiga qaramay, ularni mavjud vaksinalar o‘rniga qo‘llash mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!