Ozarbayjonda COVID-19ga qarshi emlash boshlanmoqda

Ozarbayjonda COVID-19ga qarshi emlash boshlanmoqda

Ozarbayjonda 18 yanvardan Xitoyning “Sinovac Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “CoronaVac” vaksinasi bilan aholini ommaviy emlash boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat to‘rt million dozaga buyurtma bergan.

"Koronavirusga qarshi emlashni 18 yanvardan boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", dedi mamlakat prezidentining yordamchisi Shahmar Movsumov.

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Teymur Musayevning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan buyurilgan dozalar avval Turkiyaga yetkazilgan va u yerda laboratoriyalarda standartlarga muvofiqligi tekshirilganidan so‘nggina qadoqlanib Ozarbayjonga yuboriladi.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi, 1 fevraldan boshlab emlashning ikkinchi bosqichi boshlanadi va unda 65 yoshdan oshgan fuqarolar qamrab olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!