Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi Eronning josuslik tarmog‘iga qarshi operasiya o‘tkazdi

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi Eronning josuslik tarmog‘iga qarshi operasiya o‘tkazdi

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi seshanba kuni SalamNews va InterAZ eronparast axborot nashrlari tahririyatlarida maxsus operasiya o‘tkazdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda, Eron josuslik tarmog‘iga qarshi o‘tkazilgan operasiya doirasida Boku va respublika viloyatlarida yetti kishi qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operasiya davom etmoqda.

27 yanvar, juma kuni Boku vaqti bilan soat 08:30 da Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujum natijasida elchixona qo‘riqlash boshlig‘i halok bo‘lgan, 2 nafar qo‘riqchi yaralangan.

Prezident Ilhom Aliyev hodisani “terror hujumi” deb atadi va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Tehrondagi diplomatik missiya xodimlari va oila a’zolarini evakuasiya qilish rejasini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!